Eshiklar lyrics
by Konsta
[«Eshiklar» qoʻshigʻi matni ft. Konsta]
[Naqarot: Shokir]
Ochiq eshiklardan kirish oson
Lekin yengil yoʻllardan yoʻq ma'no
Kimdirning hayoti yaxshi yo rasvo
Oʻzing tanla: boymisan yo gadoymi?
Hayoting sani qoʻlingda
Nega hech nima qilmisan?
Yillar rosa tez oʻtar
San keyin ulgurmisan
[Koʻplet 1: Konsta]
Ming marta oʻlchaganingdan
Bir bor-a qilgan yaxshi
Bir umr qoʻrqgandan koʻra
Bir bor qoqilgan yaxshi
Xohlagan ishingni qilmay
Deysan: oʻqigan yaxshi
Bir umr uyda
Hayolda oʻzi toʻqigan daxshat
Hayot juda qisqa qoʻrqish uchun
Oʻn yil oʻqish uchun
Kurashmasdan oʻtish uchun
Sevgingni unutish uchun
Juda qisqa kuni bilan yotish uchun
Uni ishda sotish uchun
Ba'zan butun umr kamlik qilar
Mazzasini totish uchun
Ba'zan bir soniya koʻplik qilar
Uni yoʻqotish uchun
Hayot bir marta berilar
Inson boʻlib yashab oʻtish uchun
[Naqarot: Shokir]
Ochiq eshiklardan kirish oson
Lekin yengil yoʻllardan yoʻq ma'no
Kimdirning hayoti yaxshi yo rasvo
Oʻzing tanla: boymisan yo gadoymi?
Hayoting sani qoʻlingda
Nega hech nima qilmisan?
Yillar rosa tez oʻtar
San keyin ulgurmisan
[Koʻplet 2: Shokir]
Man oʻyludim, o'n sakkiz yoshimda kotta biznesim boʻladi
Pulga choʻntaklar toʻladi
Kimdanam soʻrudim shuni?
Bugun qani shular, qani?
Kim buni biladi?
Oʻn yilim oʻtib man xuddi bir marta esladim (E-e-e-y-y-y)
Qattanam oʻylimiz-a vaqtimiz koʻp deb?
Imkoniyatlar uchib ketti toʻpdek
Ertaga degan mozorga gʻoyalarni toʻkdik
Yuribmiz-a yoqmasayam «boʻpti» deb
Qattanam oʻylimiz-a vaqtimiz koʻp deb?
Imkoniyatlar uchib ketti toʻpdek
Ertaga degan mozorga gʻoyalarni toʻkdik
Yuribmiz-a yoqmasayam «boʻpti» deb
[Naqarot: Shokir]
Ochiq eshiklardan kirish oson
Lekin yengil yoʻllardan yoʻq ma'no
Kimdirning hayoti yaxshi yo rasvo
Oʻzing tanla: boymisan yo gadoymi?
Hayoting sani qoʻlingda
Nega hech nima qilmisan?
Yillar rosa tez oʻtar
San keyin ulgurmisan