Kapalak lyrics
by Konsta
[Matn "Kapalak" feat. Konsta]
[Naqorat SHAKA]
Sen o‘z hayoting egasisan kapalak
Ko‘z o‘ngingda kechmish dunyoyu falak
Bir o‘qda aylanamiz go‘yo biz ikkimiz
Sen bu charxpalakning egasisan kapalak
[Kuplet 1 SHAKA]
Bir lovullab yonaymi, qutidagi gugurtdek
Yovvoyi bo‘laymi, tutqich bermas burgutdek
Qo‘rs bo‘laymi, vijdonni chetga surib beshafqat
Yo mayin bo‘layinmi - ishton kiygan bulutdek
Ongim ne deyishga hayron, yuragim tilka pora
Kulbayi vayronam xilvatda, vayrona
Ijozat bergaysan savol so‘rmakka jindek
Sen nega bunaqa qilayapsan kapalak?
Prostitutsiya bu - butun boshli sanoat
Sen bu sanoatga o‘lja bo‘lma kapalak
Qilaqolda qanoat boriga, qolma arosatda
Ishlat fahm farosat g‘alcha bo‘lma kapalak
Fahsh bu yolg‘on - Fahsh katta makr
Bu fahshda sarson - sho‘rlik kapalakdir
Uni bir matoqdayin ko‘rmang ey nodonlar
Kapalak bu bir kun halok bo‘lajak odamdir
Ne g‘urbat ko‘rsangda Sen qudratlisan
Nechuk xavotirdasan? Qanotlaring kaltadek
Hayot oqimin jilovlashga qodirsan
Ojizaman deb o‘ylab, xafa bo‘lma kapalak
[Naqorat]
Sen o‘z hayoting egasisan kapalak
Ko‘z o‘ngingda kechmish dunyoyu falak
Bir o‘qda aylanamiz go‘yo biz ikkimiz
Sen bu charxpalakning egasisan kapalak
[Kuplet 2 Konsta]