Husnu Jamol Ichinda lyrics
by Ozodbek Nazarbekov
Husnu jamol ichinda nechakim kamoli bor
Oyning qachon sening kibi husnu jamoli bor
Husnu jamol ichinda nechakim kamoli bor
Oyning qachon sening kibi husnu jamoli bor
Umrinda gul yuzunga o'zun bir dam o'xshatib
Bo'lmish araqta g'arq, hanuz infioli bor
Gulgun qabo netak quchar ul inchka belni
Afsun o'qurmu yoxud oning o'zga oli bor
Husnu jamol ichinda nechakim kamoli bor
Oyning qachon sening kibi husnu jamoli bor
Ilgin o'pub oyoqina ko'nglak yengi tushar
Bilmon, aning boshinda dog'i ne xayoli bor?
Og'zini bor desam, aning hech vujudi yo'q
Belini yo'q desam, vale ehtimoli bor
Husnu jamol ichinda nechakim kamoli bor
Oyning qachon sening kibi husnu jamoli bor
Zulfuni tong nasimi tushurmish qulog'ina
Bu so'zni bir aytqali kimning majoli bor!
Nuqsoni ko'p har ishta bechora Lutfiyning
Dilbar jamoli vasfida lekin kamoli bor
Husnu jamol ichinda nechakim kamoli bor
Oyning qachon sening kibi husnu jamoli bor