Ayriliq lyrics

by

Ozodbek Nazarbekov


Bugun sening to'ying, ochilmay so'lding
Go'zal tilaklar-u gullarga to'lding
Tillo koshonalarga yo'l olarsan, jonim
Izingga zor qoldi ostonam mening
Yuragimdan yaqin begonam mening
Yuragimdan yaqin-ey begonam mening

Yor-yor xush yoqdimi, labingda kulgu?
Yangi uyda yoring bo'lib kutar u
Sizlarni bir ko'rmoq bahonam mening
Yuragimdan yaqin begonam mening
Yuragimdan yaqin-ey begonam mening

Surating ko'zimning qarosi bo'ldi
Ovozing qalbimning sadosi bo'ldi
Fidoiy sen bergan azobdan kuyar
Yulduzlardan uzoq dilxonam mening
Yuragimdan yaqin begonam mening
Yuragimdan yaqin-ey begonam mening

Bugun sening to'ying, ochilmay so'lding
A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z #
Copyright © 2012 - 2021 BeeLyrics.Net